Murojaatlar ijobiy hal etildi
Joriy yilning 29 avgust kuni Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Narpay, Paxtachi tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 15 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 6 tasi bo‘yicha muammolar joyida ijobiy hal etildi, 5 tasi bo‘yicha mahalliy hokimliklarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi, 2 tasi bo‘yicha mualliflarga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi hamda 2 ta murojaat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganligi sababli arizalar olinib, ijroga qaratildi.
Qabul jarayonida murojaatlari ijobiy hal hal etilgan fuqarolar soha xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
- Men 2018 yil iyun oyida o‘zimga notanish bo‘lgan qizning aldoviga ishonib, undan 2.600.000 so‘mlik zargarlik buyumlarini sotib olganman. Zargarlik buyumlarining soxta ekanligini bilganimdan so‘ng Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga ariza bilan murojaat qildim va tez orada tergov bo‘limi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan menga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplab berildi. Men tergov bo‘limi xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi fuqaro G.Xolmurodova.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti