O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalarini ko‘rib chiqdi

Senatorlar ota-onalar qarovisiz qolgan va mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.

Senatning tegishli qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti bilan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganish va tahlil mehribonlik uyida tarbiyalangan bolalarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirishda qator muammolar borligini ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan bunday so‘rov yuborish zarurati yuzaga keldi. Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shundan keyin Oliy Majlis Senati a’zolari tabiiy gaz quvurlari tizimi holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Qayd etilganidek, aholi bilan muloqot, gaz quvurlari tizimi holatini tekshirish, tegishli qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti ijrosini tahlil qilish vaqtida qator tizimli muammo va kamchiliklar aniqlandi. Shu munosabat bilan parlament so‘rovi yuborish zarurati yuzaga keldi. Bu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

 

Text to speech