Shayxontohur tumanida tergov sifati va samaradorligini yanada yaxshilash yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Xususan, joriy yilning 30-aprel kuni Shayxontohur tumanida Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Mansur Sattarov rahbarligida Tergov departamenti mas’ullari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i D.Mirsadikov, Shayxontohur tumani IIO FMB rahbariyati, mas’ul xodimlari, tergovchi va surishtiruvchilari hamda tumandagi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlar (tezkor qidiruv, profilaktika, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari) ishtirokida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Shayxontohur tumanida tergov sifatini yangi bosqichga olib chiqish, yangicha tergov amaliyoti va tergovga qadar tekshiruv bo‘linmasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish choralari muhokama etildi.
Jinoyat ishlarini tamomlashda protsessual muddatlarni belgilash bo‘yicha yangi amaliyotni joriy etish, unga ko‘ra ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat ishlarini qisqa muddatlarda tamomlashga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mazkur amaliyotning o‘ziga xos jihatlari, tergovga qadar tekshiruvni har tomonlama to‘liq va sifatli o‘tkazish, jinoyat ishlarini tamomlashda «yarashuv» va «aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv» institutlarini qo‘llash amaliyotini yanada kengaytirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ushbu chora-tadbirlar jinoyat ishlarini samarali, tezkor va qonun talablariga to‘liq rioya etgan holda tamomlashga, eng asosiysi, protsess ishtirokchilarini ortiqcha ovoragarchiligini oldini olishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, muhokamada tergovga qadar tekshiruv bo‘linmasi faoliyatidagi mavjud muammolar, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ishni tashkil etish ahvoli, moddiy-texnik jihatdan ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning hisoboti eshitilib, kelgusidagi ishlar belgilab olindi.
O‘rganishlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov deparatamenti