O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Shimoliy g‘arbiy harbiy okrugida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga “Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ko‘zdan kechirish davomida dalillarni to‘plash va ularni rasmiylashtirilishini protsessual tartibi nazariy va amaliy yo‘llari“ mavzusida seminar mashg‘ulot o‘tkazildi

2023 yil 17 fevral kuni Shimoliy g‘arbiy harbiy okrugining maʼnaviyat va maʼrifat markazida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning tergov sohasidagi ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi, Nukus harbiy prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, sud-tibbiy ekspertizasi va IIVning tegishli soha mutaxassislari ishtirokida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotni o‘tkazilishi davomida, sud-tibbiy ekspertizasi va IIV tegishli ekspertizasining soha mutaxassislari hamda prokuratura, IIVning maxsus avtomashinalari hamda jihozlari yordamida nomusga tegish, yo‘l-transport hodisalari va boshqa holatlar bilan bog‘liq jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ko‘zdan kechirish davomida dalillarni to‘plash va ularni rasmiylashtirilishini protsessual tartibi nazariy va amaliy yo‘llar bilan o‘rgatildi.

Shuningdek, ushbu tadbir davomida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ xodimlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, sud-tibbiy ekspertizasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning Ekspertiza markazi tegishli soha mutaxassislari ishtirokida IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Ekspertiza markazining maxsus avtomashinalari hamda jihozlari namoyish etilib, foydalanish tartibi tushuntirildi.

Tadbir Shimoliy g‘arbiy harbiy okrugining maʼnaviyat va maʼrifat markazining majlislar zalida davom qilib, unda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ xodimlariga IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan slaydlardan foydalangan holda maʼruzalar qilinib, ular tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech