O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Shumanay tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

 

2021 yilning 17 mart kuni, Shumanay tumani 13-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi J.Ubbiniyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari M.Jumanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining birinchi o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi T.Nurmetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik  M.Raxmatullayev hamda tegishli tashkilot masʼul rahbarlari va tuman barcha sektor rahbarlari ishtirokida tuman aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi hamda tadbir jarayonida tumandagi  “Yoshlar bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi.

Jumladan, “IIOga ishga joylashish,  bankdan kredit olishda yordam berish, harbiy xizmatga yuborishda hamda harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘g‘lini yaqinroq harbiy qismga o‘tkazishda amaliy yordam berish” kabi masalalari ko‘rib chiqildi.

Kunning ikkinchi yarimida, Shumanay tumani “KetenlerMFY hududida bir guruh shaxslar tomonidan sodir qilingan ko‘p epizodli o‘g‘irlik jinoyatining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. O‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan bir guruh shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanishi va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi aytib o‘tildi hamda shunday holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng, “KetenlerMFY profilaktika inspetkori xizmat xonasiga borilib, uning ish faoliyati o‘rganildi va kelgusida jinoyatlarning oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Shuningdek, polkovnik M.T.Raxmatullayev, tuman IIBga borib, navbatchilik qismida o‘rnatilgan “E-material” bazasidagi hujjatlarni o‘rgandi va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 16 iyun kunidagi 102-sonli farmoyishi bilan tashkil qilingan “so‘rovxonani ko‘zdan kechirib, uning faoliyati bilan tanishdi hamda IIBga olib kelingan barcha shaxslar bilan faqatgina so‘rovxonada tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish va tegishli protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi. Keyin tuman IIB huzuridagi tergov guruhi ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlarini o‘rganib, ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.      

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech