O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari bilan navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud Ekspertiza Markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida “X.Sulaymonova nomidagi RSEM Sirdaryo viloyati bo‘limining bugungi kundagi imkoniyatlari”, “Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joyni ko‘zdan kechirish tartibi”, “Sud avtotexnika ekspertizalarini o‘tkazishda zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari” hamda “qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar” to‘g‘risida so‘z bordi.   

Mazkur o‘quv seminari davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech