Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Z.J Qayumov raisligida Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan o‘tgan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari hamda xizmat faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida tergov sifatini yana-da oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘zining hissasini qo‘shgan tergovchi va surishtiruvchilarning ota onalariga va xodimlarga IIV huzuridagi Tergov departamentining tashakkurnomasi, faxriy yorlig‘i, viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida har bir shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi va bo‘linmalari xodimlari uchun maishiy texnika va boshqa zaruriy vositalar topshirildi.
Yig‘ilish so‘nggida, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti