Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda
Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov idoralari xodimlari tomonidan o‘g‘irlik, firibgarlik, nomusga tegish, qasddan tan jarohati yetkazish va boshqa jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida Qarshi shahridagi “Yashil bozor”, “Yerqurg‘on” savdo majmualari hamda boshqa shu toifadagi jinoyatlar sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, joriy yilning shu davriga qadar 7000 ga yaqin buklet va flayerlar tarqatilgan.
Bundan tashqari, Tergov departamenti masʼul xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish faoliyati o‘rganilishi jarayonida, qo‘shimcha ravishda 700 dan ortiq bukletlar chop etilib, fuqarolarga tarqatilishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti