O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2019 yil yakunlari sarhisob qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida Ichki ishlar organlari tergov, ekspert-kriminalistika, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining 2019 yildagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videoselektor shaklida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmatlar tomonidan 2019 yilda erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar muhokomasidan so‘ng, 2020 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, bunda joylardagi rahbar va mas'ul xodimlar asosiy e'tiborni qaysi jihatlarga qaratishi lozimligi, qo‘yilgan vazifalarni og‘ishmay bajarish uchun tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 13.12.2019 yildagi qarori talablarini hamda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning 24.01.2020 yilda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidan kelib chiqib, ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni ijrosini to‘liq ta'minlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunidagi ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlar tomonidan “Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani ro‘yobga chiqarishga alohida e'tibor qaratishi kerakligi ta'kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech