O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2020 yil yakunlari sarhisob qilindi 

2021 yil 03 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan 2020 yil yakunlari bo‘yicha videokonferensaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmatlar tomonidan 2020 yilda erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar muhokama qilindi.

 Kun tartibidagi masalalar muhokomasidan so‘ng, 2021 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, bunda joylardagi rahbar va masʼul xodimlar asosiy eʼtiborni qaysi jihatlarga qaratishi lozimligi, qo‘yilgan vazifalarni og‘ishmay bajarish uchun tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunidagi ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlar tomonidan “Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani ro‘yobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratishi kerakligi taʼkidlandi.

 

Muallif: Tergov departamenti

katta inspektor S.R.Sobirjanov

Text to speech