K.Adenauer nomidagi Jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha Vakolatli vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-yil 15-oktyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha Vakolatli vakili Ronni Xayne bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan.
Uchrashuvda Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘arma bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama etildi.
Shuningdek, parlamentarizmni rivojlantirish, parlament delegatsiyalarining o‘zaro almashinuvi, Germaniya Bundestagi faoliyati tajribasini o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.