Sirdaryo viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan aholi muammolarini o‘rganish, ularning talab va takliflariga e’tibor qaratish, murojaatlarga amaliy yechim topish maqsadida shaxsiy qabullar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir turli masalalar yuzasidan murojaatlari eshitildi, ariza va shikoyatlari atroflicha o‘rganildi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi, ayrim masalalar esa qonuniy asosda ko‘rib chiqish uchun tegishli mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib alohida nazoratga olindi.
Bunday uchrashuvlar jamoatchilik bilan ochiq muloqotni ta’minlash, inson manfaatlarini ustuvor etish, shuningdek, fuqarolar ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.