Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘ining qabuli o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Taxiatosh tumanida navbatdagi Sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun masʼul xodimlar qatnashishlari taʼminlandi.
Sayyor qabul jarayonida 15 nafardan ortiq fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning
8 tasi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tergov departamenti