Tergov departamenti xodimlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy simulyatsion treningda ishtirok etdi
Joriy yilning 26-30 iyun kunlari O‘zbekiston jamoasi YXHTning Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakili va koordinatori byurosi tomonidan Qozog‘iston vakolatli idoralari, Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi (ISMPD), BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi hamda AQSH Davlat departamenti va YXHTning joydagi missiyalari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy simulyatsion treningda ishtirok etdi.
Ushbu mashg‘ulotlar davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 100 dan ortiq ishtirokchilar transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish, odam savdosi jinoyatchilarini aniqlash va jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalarini qo‘llash bilan birga, odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha ko‘nikma va tajribalarini oshirdilar.
Mintaqaviy simulyatsion trening yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
kapitan A.Avalbekov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti