IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari xususiy bandlik agentliklari vakillari bilan suhbat oʼtkazishdi
Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Monomarkazda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va xususiy bandlik agentliklari vakillari uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Tadbirda IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik D. Mirsodiqov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tashqi mehnat migratsiyasi boʼyicha agentligi vakillari B. Аbidov va S. Karimovlar, hamda 16 ta xususiy agentliklar rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida aholining ishsiz qismi ishga joylashtirish boʼyicha tashkiliy masalalar bilan birga baʼzi agentliklar tomonidan sodir etilgan firibgarlik holatlari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida xususiy bandlik agentliklari rahbarlari oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.