O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlarining sohaviy xizmat xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining 2023 yil 23 iyundagi “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati tushintirilmoqda

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatimizda firibgarlik jinoyatining ham turli ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Ushbu jinoyatning yuqori suratlarda o‘sishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, ayniqsa ichki ishlar organlari xodimlarining zimmasiga yangi vazifalar yuklaydi. Firibgarlik jinoyatlarini oldini olish, ushbu jinoyatlarni boshqa jinoyatlardan farqlash hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning harakatlarini baholash bo‘yicha 23.06.2023 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 17-sonli qarori qabul qilingan. IIV huzuridagi Tergov departamentining tegishli ko‘rsatmasiga asosan ushbu qarorning mazmunini ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlariga yetkazish hududiy Tergov boshqarmalari hamda ularning quyi bo‘linmalari xodimlari zimmasiga yuklatilgan.

Joriy yilning 23-sentyabr kuni Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari tomonidan hududiy Ichki ishlar boshqarmasi(bo‘lim, bo‘linma)da xizmat qilayotgan sohaviy xizmat xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 17-sonli qarori mazmuni to‘liq tushuntirildi hamda xodimlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech