O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida “Namunali tergovchi”, “Namunali surishtiruvchi” hamda “Namunali ayol xodima” koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining 09.02.2021 yildagi koʼrsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida 11.03.2021 yilda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi boʼlinmalari xodimlari oʼrtasida “Namunali tergovchi”, “Namunali surishtiruvchi” hamda “Namunali ayol xodima” nominatsiyalari boʼyicha koʼrik-tanlovning viloyat bosqichi oʼtkazilib, unda tergovchi va surishtiruvchilar oʼrtasida jismoniy tayyorgarlik, oʼq otish mashgʼulotlari va ogʼzaki savol-javob bahslari boʼyicha tanlov oʼtkazilib gʼoliblar aniqlandi.

Unga koʼra, “Namunali tergovchi” nominatsiyasi boʼyicha

- Termiz shahar boʼyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tergovchisi leytenant Qurbonov Javohir Odil oʼgʼli birinchi oʼrinni;

- Termiz shahar boʼyicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi tergov guruhi katta tergovchisi leytenant Bozorov Sardor Shavkat oʼgʼli ikkinchi oʼrinni;

“Namunali surishtiruvchi” nominatsiyasi boʼyicha

- Sherobod tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi surishtiruv guruhi katta surishtiruvchisi leytenant Toshbadalov Joʼrabek Muxtor oʼgʼli birinchi oʼrinni;

- Termiz shahar boʼyicha IIO FMB 2-son IIB huzuridagi tergov guruhi surishtiruvchisi leytenant Jumaniyozov Sardorbek Аbdunabi oʼgʼli ikkinchi oʼrinni;

“Namunali ayol xodima” nominatsiyasi boʼyicha;

- Termiz shahar boʼyicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi tergov guruhi surishtiruvchisi katta leytenant Saʼdulloeva Mashhura Ravshonovna birinchi oʼrinni egalladi.

31 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB boshligʼi tomonidan tanlov gʼoliblarini qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlash tadbiri oʼtkazildi.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech