Surxondaryo viloyat prokuraturasi hamda IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Surxondaryo viloyat prokuraturasi hamda Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida har haftaning shanba kunlari sohada xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilarni bilim, ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan joriy yilning 12 avgust kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari hamda prokuraturaning masʼul xodimlari ishtirokida “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti, sud ballistika hamda trassologiya ekspertizalari uchun namunalar olish hamda o‘tkazish tartibi o‘rganish” mavzularida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida maʼruzachilar tomonidan seminar ishtirokchilariga mavzuga oid nazariy va amaliy tushunchalar berilib, sohada yuzaga kelayotgan muammoli savollar bo‘yicha javoblar berilishi taʼminlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti