Surxondaryo viloyat prokuraturasining majlislar zalida surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021 yilning 02 aprel kuni Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi B.B.Valiyev hamda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovlar Surxondaryo viloyat prokuraturasining majlislar zalida surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib, unda o‘tgan yillarda sodir etilgan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan qo‘zg‘atilib, fosh etilmasdan qolayotgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar muhokama qilindi. Muhokama yakunida, mazkur jinoyatlarni fosh etish va jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek qidiruv va ekstraditsiya bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbar va xodimlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti