O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida 9 oylik ish yakunlari sarhisob qilindi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlari bilan videokonferensaloqa shaklida 2023 yil 9 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda sohaviy xizmat tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir davomida, o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh surishtiruvchi va tergovchilar rag‘batlantirilib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlarning faoliyatiga yil yakuni bo‘yicha baho berilishi maʼlum qilindi.   

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech