O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida yil yakuni sarhisob qilindi

Joriy yilning 23-yanvar kuni Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot  yig‘ilishi o‘tkazildi. Hisobot yig‘ilishida IIV huzuridagi Tergov departamentining masʼul xodimi podpolkovnik Avilov Ulug‘bek Saydullayevich ham ishtirok etdi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazilib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tergovchi va surishtiruvchilar hamda rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Yig‘ilishda 2023-yil Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun “Tergov sifatini oshirish yili” deb belgilanganligi eʼlon qilindi.

Shu bilan birga yig‘ilishda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Iqboliddin Ketmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir tergovchi va surishtiruvchilar amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida, 2022 yil davomida o‘zlarini xizmatini vijdonan bajargan hamda boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarga IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech