O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyatida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan viloyat aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-yanvar kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan Termiz shahri hamda Termiz tumani fuqarolari uchun viloyat IIB binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun masʼul xodimlar qatnashishlari taʼminlandi.

Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 8 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. 

Ushbu 8 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech