O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Surxondaryo viloyatida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 09 oktyabr kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasida jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud plenumining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi, “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etilishini farqlari, tezkor qidiruv faoliyatida konstitutsiyaviy normalarni taʼminlash, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida jinoyat ishlarini yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari, viloyat prokuraturasining masʼul xodimlari, jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudining xodimlari hamda Advokatlar palatasining Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi advokatlari ishtirok etishdi.        

O‘quv mashg‘uloti davomida maʼruzachilar tomonidan seminar ishtirokchilariga mavzuga oid nazariy va amaliy tushunchalar berilib, sohada yuzaga kelayotgan muammoli savollar bo‘yicha javoblar berilishi taʼminlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech