Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Joriy yilning 12 dekabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda ushbu organ tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotida “Tezkor qidiruv faoliyati tushunchasi, tezkor qidiruv tadbirlarida ekspert kriminalistik taʼminoti, sudga oid daktiloskopiya, biologiya, xatshunoslik va transport baholash ekspertizalari” hamda "Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida" va “Poraxo‘rlik jinoyatlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi Oliy sud Plenumi qarorlarining o‘ziga xos jihatlari” mavzulari ishtirokchilarga atroflicha yetkazilib, bugungi kunda ushbu yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar, uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.
O‘quv mashg‘uloti so‘ngida tergovchi va surishtiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti