Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 08 fevral kuni, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibi hamda aloqador organlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik taʼlim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov va vazirlik huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilovlar tomonidan “O‘zbekistonda sud ekspertizasining imkoniyatlari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy ekspertiza turlari, ularni o‘tkazish asoslari hamda bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar haqida tushunchalar berildi.
Shu bilan birga ishtirokchilarga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tayyorlangan ekspertiza tayinlash, o‘tkazish hamda natijalarini qayd qilishga oid elektron amaliy qo‘llanma taqdim etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan ilmiy va amaliy javoblar berilishi taʼminlandi.