O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Taxiatosh tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2021 yil 10 fevral kuni, Taxiatosh tumani “Sarayko‘lOFY 13-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq qabulxonasi boshlig‘i S.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev, mutasaddi rahbarlar va tuman barcha sektor rahbarlari ishtirokida Taxiatosh tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan 5 nafar fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi. Jumladan, fuqarolarning  “ishga joylashish,  Ichki ishlar organlariga yozgan arizasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishini nazoratga olish hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qabul qilingan qarorlardan norozilik” kabi masalalari ko‘rib chiqildi.

Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning

1 ta masala bo‘yicha murojaati joyida ijobiy hal qilindi,

2 ta masala bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda qolgan holatlar yuzasidan arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Kunning ikkinchi yarimida Taxiatosh tumani 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida “Yoshlar bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi.

“Yoshlar bilan uchrashuv” tadbiri davomida moddiy tomonidan qiynalgan oilalarning 2 nafar yoshlaridan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini olishda amaliy yordam berish masalalaridagi murojaatlari qabul qilinib, joyida tuman IIB MvaFRB boshlig‘i tomonidan arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar va “Yoshlar bilan uchrashuv”lar davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech