Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.N.Nematjonovning navbatdagi fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari -Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.N.Nematjonov tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘rganish yuzasidan Sirdaryo tumanida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Unda 9 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini o‘z nazoratiga oldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti