O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi

Namangan tumanidagi "Madaniyat markazi"da viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.

Unda Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Jaxongir Ibodov tomonidan qabul qilindi.

Qabul davomida fuqarolarning 14 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi va 11 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech