O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Faxriylar holidan xabar olindi

“25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi mutasaddilari tomonidan umrini elu yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishdek mashaqqatli va sharafli ishga baxshida etib, bugunda yaqinlari qurshovida umrguzaronlik qilayotgan faxriylar holidan xabar olindi. Mazkur jarayonda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropovning bayram tabrigi yetkazilib ularga sovg‘alar topshirildi.

Ezgulikka yo‘g‘rilgan tadbir davomida faxriylar eʼtibordan mamnun holda qo‘llarini duoga ochib, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi abadiy bo‘lishini tiladilar.

Bu kabi tadbirlari joylarda davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov Departamenti

Text to speech