O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Oqil Hasanov boshchiligida Peshku tumanining Xo‘lbor mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi

Davlatimiz rahbari tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi bugun yurtdoshlarimizning yillar davomida to‘planib qolgan muammolari yechimiga xizmat qilmoqda.

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan hududlarda aholining mavjud muammolarini o‘rganish, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Oqil Hasanov boshchiligida Peshku tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul ham aholi murojaatlari yechimiga xizmat qildi.

Viloyat 3-sektor shtabi aʼzolari, tuman sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi, tegishli tashkilot va idoralar masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda 10 dan ortiq fuqarolarning 20 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Jumladan, ish bilan taʼminlash, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, sim yog‘och va trasformatrni almashtirish, subsidiya asosida motokultivator olishda yordam berish kabi masalalar ko‘tarildi.

Bunda murojaatlarning yechimiga alohida eʼtibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun muddat talab qilinganlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mutasaddilarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Jarayonda 3 nafar fuqarolarga oilaiviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishlari uchun motokultivator taqdim etildi.

Shuningdek, 16 yoshga to‘lganligi munosabati bilan birinchi marotaba fuqarolik pasporti oladigan 8 nafar yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining ID - kartalari tantanali topshirildi.

Shu bilan birga, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasida ishtirok etib respublikada faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan mahalla jamoasi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech