Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Komiljon Gaffarov tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘rganish yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Unda 12 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini o‘z nazoratiga oldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti