O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Zafarobod tumanida Jizzax viloyati huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari qatori IIOga 10 ga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalarda murojaat qilishdi. Xususan, qonunbuzarga nisbatan chora ko‘rish, yetkazilgan moddiy zarar va ish haqini undirish, firibgarlik kabi masalalarda ko‘mak so‘raldi. Jarayonda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Azizbek Habibullayev har bir ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni hal etish nuqtai nazaridan masʼullarga vazifalar yukladi.

Bundan tashqari qabul davomida 16 yoshga to‘lgan 4 nafar yoshlarga ID kartalar, yana 4 nafariga oliy taʼlim muassasasi uchun shartnoma pulining maʼlum qismi to‘langanligi haqidagi sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech