O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i F.Abduraximov va Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari A.Urmanov hamda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik R. Ashropov bilan birgalikda poytaxtda jinoyatchilik ahvoli yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i F.Abduraximov va Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari A.Urmanov hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan birgalikda poytaxtda jinoyatchilik ahvoli yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda shaharning kriminogen vaziyatiga taʼsir ko‘rsatayotgan omillar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, uning profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, dastlabki tergov va tergovga qadar tekshiruv sifatini oshirish, bu boradagi ishlarni hamkorlikda tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida kelgusi yilda jinoyatchilikni oldini olish va jazo muqarrarligini taʼminlash borasida chora-tadbirlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech