O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov boshqarmasi - “Eng namunali yosh xodim” koʼrik tanlovi gʼolibi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulь kunidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʼzbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqining faoliyatini qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida”gi PF 5106-sonli Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi IIV va Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2018 yil 15 fevraldagi 13/4-sonli qoʼshma qarori, Toshkent shahar IIBB boshligʼining  2020 yil 22 maydagi Yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti tomonidan rejalashtirilgan chora tadbirlar yuzasidan manzilli “Yoʼl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Toshkent shahar IIBB va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan 31 yoshgacha boʼlgan erkak va ayol xodimlarning bilim saviyasini oshirish, kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ularning xizmat, jangavor va jismoniy tayyorgarliklarini kuchaytirish, xizmat yoʼnalishlari boʼyicha nazariy va amaliy koʼnikmalarini yuksaltirish maqsadida Toshkent shahar IIBB va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar orasida “Eng namunali yosh xodim” koʼrik tanlovi oʼtkazildi.

Ushbu koʼrik tanlovda 34 nafar ishtirokchilardan iborat jami 17 ta yaʼni Tergov boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Tashkiliy boshqarma, YPXB, PPHB, kinologiya xizmati va 11 ta tuman IIO FMB jamoalari qatnashdilar.

 

Har bir jamoa siyosiy-ijtimoiy va huquqiy savodxonlik, Jangavor va jismoniy tayyorgarlik hamda maʼnaviyat va adabiyot bilimdoni sinovlarida bellashdilar.

Bellashuvni xayʼat aʼzolari odillik va shaffoflik mezonlari asosida kuzatib bordilar.

 

Koʼrik tanlovning yakuniy “Maʼnaviyat va adabiyat bilimdoni” sharti tantanali ravishda Toshkent shahar IIBBda oʼtkazilib, unda Ichki ishlar vaziri maslahatchisi general-polkovnik Zokirjon Аlmatov va Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Yodgor Saʼdiev hamda taniqli xonandalar ishtirok etdilar.

Koʼrik tanlovning har bir shartida Toshkent shahar IIBB  huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi yaqqol ustunlikni qoʼlga kiritib, bellashuvda faxrli birinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi.

 

Koʼrik tanlov gʼoliblari tantanali ravishda vazirlik va Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan bazavoy hisoblash miqdorining
15 barobari miqdorida pul mukofoti, birinchi darajali diplom va qimmatbaho sovgʼa bilan taqdirlandilar.

Tanlov yakuni boʼyicha ikkinchi oʼrinni Chilonzor tumani boʼyicha IIO FMB, uchinchi oʼrinni esa Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Sergeli va Mirobod tumanlari boʼyicha IIO FMBlari qoʼlga kiritishdi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech