O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov boshqarmasi va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali ekspertlari tomonidan xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari tashkil etildi

Joriy yilning 11 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvilar ishtirokida videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda «Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlari» mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi hamda taklif etilgan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali ekspertlari tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech