Tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6256-son Farmoniga muvofiq Tergov departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi bilan hamkorlikda tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari barcha xodimlari hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutaxassislari videokonferensaloqa tizimiga ulangan holda ishtirok etishdi.
O‘quv seminarida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutaxassislari Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Sud-tibbiy, psixiatriya, psixologik va biologik ekspertizalari ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i N.S.Saitova, Sud kompyuter texnikaviy ekspertiza bulimi ekspertlari B.J.Kamolov hamda J.Z.Abdukarimovlar tomonidan “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari, sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari” hamda “Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi imkoniyatlari” mavzularida maʼruzalar o‘qildi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti