O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov bo‘linmalari xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirildi

Joriy yilning 25 fevral kuni Buxoro viloyati prokuraturasida viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov va surishtiruv sifatini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat prokuraturasi hamda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati, shahar-tumanlar prokuraturasi hamda Ichki ishlar bo‘limlarining tergovchi va surishtiruvchilari ishtirok etdi.

Bahs - munozara tarzida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarida jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov va surishtiruvni olib borishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari yetkazilib, tergov sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar batafsil tushuntirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech