Tergov departamenti tomonidan navbatdagi o‘quv-seminar Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tashkillashtirildi
Ushbu o‘quv-mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 3759-sonli Nizomi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Tergov boshqarmasi Kiberjinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik E.R.Soliyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi prokurori D.K.Farmanov, jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi sudyasi A.T.Shinibekov hamda advokat A.A.Yusupov ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar.
Mashg‘ulot davomida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik holatlarining oldini olish hamda qonunchilik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Seminar savol-javob va ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan amaliy muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Unda Tergov departamenti va uning quyi hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.
Bunday o‘quv-seminarlar xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini kuchaytirish maqsadida reja asosida davom ettirilmoqda.
Tergov departamenti