Tergov departamenti xodimlari Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbirda ishtirok etdi
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan 2021 yil 06 fevral kungi maʼrifat soati, o‘n beshinchi asr maʼnaviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir sifatida o‘tkazildi.
Tadbirda IIVning barcha sohaviy xizmatlari shaxsiy tarkibi Toshkent shahrida joylashgan go‘zal maskan “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurgan holda, u yerda qad rostlagan adiblarimiz siymolari oldida jam bo‘lishdi.
Shu jumladan, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti shaxsiy tarkibi ham mazkur xiyobonda “Oybek” taxallusi bilan ijod qilgan shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi Muso Toshmuhammadning o‘tirgan holda qo‘liga kitob tutgan haykali oldida hozir bo‘lib, mazkur tadbirga Tergov departamenti rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Senatining yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi bosh maslahatchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Turdiyev Azizbek Anvarjonovich taklif qilinib, shaxsiy tarkibga “Oybek” va “Alisher Navoiy” kabi buyuk shaxslar haqidagi maʼruzalarini o‘qib eshittirdi.
Shu bilan birga, Azizbek Anvarjonovich tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar qaytarib, maʼrifat darsini qiziqarli va maroqli o‘tishiga o‘z hissani qo‘shdi.
Shundan so‘ng, tantanali qismiga o‘tilib, barcha IIV sohaviy xizmatlari kabi Tergov departamentining bir guruh xodimlari tomonidan ulug‘ o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkir hamda davlat arbobi Alisher Navoiyning qad rostlab turgan haykali poyiga gul qo‘yilib, maʼrifat soati o‘z nihoyasiga yetkazildi.
Muallif: Tergov departamenti
katta inspektor S.R.Sobirjanov