O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti ishchi guruhlari tomonidan hududiy tergov boshqarmalarining tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish bo‘limlari ish faoliyatini o‘rganish yakunlari muhokama qilindi

Kuni kecha, Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O. Jalolov raisligida viloyatlar tergov boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, hisobotlarni jamlash bo‘yicha masʼul xodimlar hamda kadrlar guruhi katta inspektorlari ishtirokida videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Tezkor yig‘ilishda ishchi guruhlar tomonidan hududiy tergov boshqarmalarining tergov va surishtiruv faoliyatini tashkil etish bo‘limlari ish faoliyatini o‘rganish davomida aniqlangan holatlar, hududlarning ijobiy tajribalari, shuningdek, faoliyatni tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hududlar kesimida tahlil etilib, muhokama etildi.

Shuningdek, noyabr oyining 20 kunida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, yosh xodimlarni o‘qitish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatib o‘tilib, masʼullarga bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda viloyatlar tergov boshqarmalari boshliqlarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha ushbu yo‘nalishda mutasaddi rahbarlar oldida turgan kelgusidagi muhim vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech