O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti mas’ullari tomonidan poytaxt ichki ishlar organlari tergov bo‘limlari tarkibidagi tergovga qadar tekshiruv bo‘linmalari faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Toshkent shahrining barcha tuman ichki ishlar organlari tergov bo‘limlari tarkibida tergovga qadar tekshiruv bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, tergovga qadar tekshiruv bo‘linmalari xodimlari tomonidan aholidan kelib tushayotgan kunlik ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘la va xolisona o‘tkazilishi, ish bo‘yicha qonuniy qarorlar qabul qilinishi hamda fuqarolarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda sifatli ko‘rib chiqilishi ahvoli tumanlarga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Mas’ullar har bir tumanda bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv bo‘linmalari xodimlari bilan suhbatlashib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish borasida mavjud muammolari o‘rganilmoqda.

Xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ish ko‘rsatkichlari, ishni tashkil etish ahvoli va faoliyati bilan tanishib, moddiy-texnik jihatdan ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech