Tergov departamenti rahbariyati tomonidan aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida Termiz shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan Termiz shahar, Angor, Termiz, Jarqӯrg‘on, Boysun va Muzrabod tumanlari fuqarolari uchun Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, har bir shahar-tuman IIB rahbariyati qabulda ishtirok etishi taʼminlandi.
Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, baʼzi murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar masʼullarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti