Tergov departamentida fuqarolarni navbatdagi online qabuli o‘tkazildi
Joriy yilning 13 yanvar kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Navoiy va Andijon viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 2 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarninu 2 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ular sinchkovlik bilan muhokama qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaat ijroga qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti