Tergov departamentida fuqarolarni navbatdagi online qabuli o‘tkazildi
Joriy yilning 17 mart kuni vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazilib, unda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida 2 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlari to‘liq olib borilmaganligidan norozilik masalasida, 1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik masalasini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi ham joyida ijobiy hal etilib, mualliflarning vajlari to‘liq qanoatlantirildi.
Eslatib o‘tamiz Tergov departamentida fuqarolarning murojaatlarini videokonferensaloqa rejimida online qabul har haftaning juma kunlari o‘tkazilishini va fuqarolar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan taqdirlarida mazkur shaxsiy qabuliga murojaat qilish maqsadida Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A.Toirovning (90) 508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti