O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash bo‘yicha navbatdagi OnLine qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 24 mart kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Sirdaryo, Namangan va Xorazm viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi eʼlon qilingan ayblovdan, 1 tasi jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tergov harakatlaridan, 1 tasi dastlabki tergov jinoyat fosh etilmaganligini asosi bilan to‘xtatilganligidan norozilik masalasini tashkil etadi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 1 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaati qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Eslatib o‘tamiz Tergov departamentida fuqarolarning murojaatlarini videokonferensaloqa rejimida OnLine qabul har haftaning juma kunlari o‘tkazilishini va fuqarolar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan taqdirlarida mazkur shaxsiy qabuliga murojaat qilish maqsadida Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A.Toirovning (90) 508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech