Tergov departamentida fuqarolarni navbatdagi online qabuli o‘tkazildi
Joriy yilning 17 fevral kuni vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazilib, unda Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaat mualliflarining 1 tasi jinoyat ishini nazoratga olish masalasida, 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasi hamda 1 tasi dastlabki tergov to‘liq olib borilmaganligi masalasida yordam berilishini maʼlum qildilar.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etilib, 1 tasi bo‘yicha esa huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tergov departamentida fuqarolarning murojaatlarini videokonferensaloqa rejimida onLine qabul har haftaning juma kunlari o‘tkazilishini va fuqarolar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan taqdirlarida mazkur shaxsiy qabuliga murojaat qilish maqsadida Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A.Toirovning (90) 508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti