O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida fuqarolarni navbatdagi online qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 18 avgust kuni vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazilib, unda Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida yashovchi fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaat mualliflarining 2 tasi yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganligidan norozi masalasida, 1 tasi tergov harakatlari to‘liq olib borilmayotganligidan norozilik masalasida yordam berilishini maʼlum qildilar.

Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi bo‘yicha esa qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.

Tergov departamentida fuqarolarning murojaatlarini videokonferensaloqa rejimida onLine qabul har haftaning juma kunlari o‘tkazilishini va fuqarolar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan taqdirlarida mazkur shaxsiy qabuliga murojaat qilish maqsadida Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A.Toirovning (90) 508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech