Tergov departamentida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash bo‘yicha navbatdagi virtual qabuli
Joriy yilning 25 noyabr kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning tergov bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida, 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasini tashkil etadi.
Murojaatlarning 2 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti