O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash bo‘yicha navbatdagi virtual qabuli

Joriy yilning 24 fevral kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa  rejimi orqali Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida 2 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida,1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik masalasini tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etilib, 1 tasi bo‘yicha esa huquqiy tushuntirishlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech