O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash bo‘yicha navbatdagi virtual qabuli

Joriy yilning 12 may kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi qabul tergov harakatlaridan norozilik, 1 tasi tergovga qadar tekshiruvdan norozilik, 1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik masalasini tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning barchasi qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech